June 3

Murojaatlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 30 foizga kamaydi

Ruscha

2025 yilning yanvar-may oylarida “O‘zbekneftgaz” AJga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 273 ta murojaatning barchasi boshqaruv apparati, boshqarma va korxonalar kesimida tahlil qilindi. Tahlillar murojaatlarning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 30 foizga kamayganini ko‘rsatdi.

Ularning 243 tasi qanoatlantirilgan, 15 tasi bo‘yicha tushuntirish berilgan, 9 tasi rad etilgan, 6 tasi ish jarayonida.

Prezident virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalaridan jami 75 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ulardan 72 tasining ijrosi ta’minlandi, 3 tasi ko‘rib chiqilmoqda.

1 064 ta murojaatga rasmiy veb-saytdagi “Onlayn-maslahatchi” xizmati orqali tezkor javob va tushuntirishlar berildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati