December 24, 2024

Vakant lavozimlar uchun tanlov

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisining Gender masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi uchun ochiq tanlov e’lon qilinadi.

Gender masalalari bo‘yicha maslahatchiga qo‘yiladigan kvalifikatsiya talablar quyidagilardan iborat:

• ma’lumoti: oliy;
• mutaxassisligi: iqtisodiyot, huquqshunoslik, ijtimoiy-gumanitar fanlar, ishlab chiqarish bilan bog‘liq yo‘nalishlar (bakalavr yoki magistratura).
• tillarni bilishi: o‘zbek, rus tillari – og‘zaki va yozma nutq erkin, ingliz tili (ustunlik beradi);
• kompyuter savodxonligi: mukammal foydalanuvchi, Microsoft Offrce, Exsel, Power Point ofis dasturlarini bilish;
• ish tajribasi: ijtimoiy sohada (kasaba uyushmalari, vazirlik, idoralarning xotin-qizlar bilan ishlash kabi) kamida 5 yil bo‘lishi talab etiladi.

Bilim va ko‘nikmalar bo‘yicha talablar:

• Gender tengligi ofisi ishini muvofiqlashtirish va uning vazifalari bajarilishini nazorat qilish;
• gender tengligi tamoyillarini korporativ jarayonlarga integratsiya qilish uchun Jamiyat rahbariyati va tarkibiy bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
• gender tengligi strategiyasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Jamiyat Boshqaruvi raisiga Ofis faoliyati natijalari bo‘yicha hisobot taqdim etish;
• gender muvozanatiga erishish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarni aniq belgilaydigan chora-tadbirlar rejasi va strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
• Xodimalar professional salohiyatini rivojlantirish va amalga oshirishga qaratilgan karyeraviy va professional o‘sish tizimini yo‘lga qo‘yish;
• gender tengligini ta’minlashda anglanmagan stereotiplarning ta’sirii oldini olish va boshqa masalalar bo‘yicha o‘quv dasturlari, seminarlar va treninglar tashkil etish;
• diskriminatsiya va tengsizlik bilan bog‘liq masalalarni hal qilish uchun shikoyatlarni ko‘rib chiqish va qayta aloqa mexanizmi orqali xodimlarni qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash;
• “Lider ayollar” murabbiylik dasturini ishlab chiqish va amalga tatbiq etish;
• mentorlik, psixologik yordam va skrining yo‘nalishlarida xorijiy ekspertlar yoki mahalliy tajribali mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha takliflar kiritib borishdan iborat.

Nomzodlar 2025 yil 6 yanvarga qadar rezyume/anketalarini ushbu elektron manzilga yuborishlari lozim: hr@ung.uz.

Batafsil ma’lumotlar uchun +(99871) 207-27-72 (2334, 2569) telefon raqamiga murojaat etish mumkin.

Ma’lumot uchun: "O‘zbekneftgaz" AJ va uning tarkibiga kiruvchi boshqarma, zavod va korxonalarda faoliyat yurituvchi yuqoridagi talablarga mos keluvchi nomzodlar tomonidan kelib tushgan arizalar birinchi navbatda ko‘rib chiqiladi.

"O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook