October 23

Korxonalarda energiya samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi

Ruscha

"Uzbekistan GTL" zavodida "Energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanish" mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Unda "O‘zbekneftgaz" AJ tizimidagi tashkilotlarning energetiklari ishtirok etdi.

Tadbirni tashkil etishdan maqsad, korxonalarda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali energiya samaradorligini oshirish va resurslardan oqilona foydalanish masalalarini muhokama qilishdan iborat.

Seminar-trening davomida ma’ruzachilar tomonidan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirishning ahamiyati, buning ekologik va iqtisodiy afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, "Uzbekistan GTL" zavodida energiya tejash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar taqdimoti o‘tkazildi.

Ishtirokchilar zavoddagi elektr taqsimlash stansiyalari, bug‘ turbinalari orqali elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi qurilma, zavod texnologiyasi va boshqaruv markazi bilan ham yaqindan tanishdilar.

Tadbirda ishlab chiqarish jarayonida energiya sarfini kamaytirish, yuqori samaradorlikka erishish hamda resurslardan samarali foydalanishning o‘rni va ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Korxonalarda energiya samaradorlikni oshirish nafaqat iqtisodiy manfaatlar, balki ekologik barqarorlikni ham ta’minlaydi. Energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan korxonalar, xarajatlarni kamaytirib, raqobatbardoshlikni oshirish imkoniga ega bo‘ladi.

“Uzbekistan GTL” MCHJ PR xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook