December 6, 2023

AQSH elchisi: Manfaatli aloqalar davlatlarimiz o‘rtasidagi barqaror sheriklikning yorqin misolidir 

Ruscha

Amerika Qo‘shma Shtatlarining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Jonatan Xenik “Uzbekistan GTL” zavodiga tashrif buyurdi.

Martabali mehmon boshchiligidagi delegatsiya a’zolariga sintetik yoqilg‘i mahsulotlari ishlab chiqarilishining joriy holati, sifat standartlarga muvofiqligi, marketing tizimi haqida batafsil ma’lumot berildi. Mutaxassislar tomonidan AQSHning ilg‘or kompaniyalari bilan hamkorlikda rejalashtirilayotgan istiqbolli loyihalar haqida taqdimot o‘tkazildi.

Bundan tashqari, zavodning zamonaviy boshqaruv panellari orqali asosiy uskunalar va ishlab chiqarish qurilmalarini sinxron ekspluatatsiya qilish texnologik tizimi haqida atroflicha so‘zlab berildi.

Muloqotda zavodning investor hamkori, AQSHning “Air Products” kompaniyasi bilan olib borilayotgan ikki tomonlama aloqalar bo‘yicha ham so‘z bordi.

Tashrif so‘ngida Jonatan Xenik ushbu yirik loyiha doirasida yo‘lga qo‘yilgan o‘zaro manfaatli aloqalar ikki davlat o‘rtasidagi uzoq muddatli va barqaror sheriklikning yaqqol misoli ekanligini qayd etdi.

“Uzbekistan GTL” Matbuot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube