November 13

Favqulodda holatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktika

Ma’lumki, mamlakat bo‘ylab aholi xavfsizligini ta’minlash, is gazidan zaharlanish hamda yong‘inlarning oldini olish maqsadida 2025–2026 yillar kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan “UNG Toshkent dengizi oromgohi” MCHJda ham Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi bilan hamkorlikda targ‘ibot–tashviqot tadbirlari o‘tkazildi.

Unda mutaxassislar tomonidan xodimlarga is gazidan zaharlanishning oldini olish choralari, yong‘in xavfsizligi qoidalari hamda favqulodda holat yuzaga kelganda to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, mavsumiy xavfsizlik qoidalari bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham taqdim etildi.

Mazkur profilaktik tadbirlar aholi va ishchi-xodimlarning xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, kuz–qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mudhish hodisalarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

"O‘zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati