June 13, 2024

Yoshlar o‘rtasida “Quiz” musobaqasining uchinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi

Ruscha

Bugun, 13-iyun kuni Zakovat arenada "O‘zbekneftgaz" AJ Intellektual olimpiadasi uchinchi bosqichi "Zakovat QUIZ" chempionati bo‘lib o‘tdi. O‘yinga “Zakovat” jamoasi o‘yinchisi Jobir Ahmedov boshlovchilik qildi.

O‘yinga yo‘nalishi, sohasi, mutaxassisligidan qat’iy nazar, “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi korxona va tashkilotlar xodimlari jalb etildi.

Ma’lumot o‘rnida eslatib o‘tish joizki, musobaqaning birinchi va ikkinchi bosqichlari joriy yilning may oyida o‘tkazilgan “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2024” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida o‘tkazilgan edi.

Uchinchi bosqichda ishtirok etgan jami 26 jamoa vakillari neft va gaz sanoati, O‘zbekiston hamda xorijiy mamlakatlar tarixi, madaniyati to‘g‘risida qanchalik chuqur bilimga ega ekanliklarini namoyish etishdi.

Topshiriqlar turi va murakkabligiga qarab har bir savolga 30 sekunddan 1 daqiqagacha vaqt ajratildi.

Uchinchi bosqich yakuni bo‘yicha quyidagi natijalar qayd etildi:

1-o‘rin: "Uzbekistan GTL" MCHJ
2-o‘rin: "Buxoro neftni qayta ishlash zavodi" MJCH
3-o‘rin: "Uz-Kor Gaz Chemical" MCHJ

Umumiy jamoa reytingida birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan tashkilot jamoalarining har biriga esdalik sovg‘alari topshirildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook