August 18, 2023

Jamiyat tasarrufidagi ob’yektlarda jami 3591 kVt quyosh fotoelektr stansiyalari o‘rnatilib, ishga tushirildi

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi neft va gaz ob’yektlarini energiya resurslar bilan ta’minlashning ishonchliligini oshirish, samaradorligi va energiya xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish orqali elektr energiyasi iste’moli taqchilligini qoplash maqsadida kichik quyosh fotoelektr stansiyalarini keng joriy qilish bo‘yicha tizimli reja ishlab chiqilgan.

Unga asosan “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi boshqarmalar, korxonalar va neft bazalarining ma’muriy binolari, ijtimoiy soha ob’yektlarida quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Amalga oshirilgan ishlarning samarasi o‘laroq, o‘tgan yili “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv apparati binolariga 170 kVt, jamiyat tasarrufidagi korxona va boshqarmalarning ma’muriy binolariga 221 kVt va neft bazalarda 95 kVt bo‘lgan jami 496 kVt quyosh fotoelektr stansiyalari o‘rnatildi.

Shu bilan bir qatorda, 2023 yilda ham “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi korxonalarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilishni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi va bu tadbirlar ushbu yo‘nalishdagi ishlarning uzviy davomi hisoblanadi.

Ishlab chiqilgan tadbirlarga asosan, barcha choralarni amalga oshirish natijasida, tadbirlar yakuniga qadar, respublikamizning turli hududlarida joylashgan “O‘zbekneftgaz” AJning barcha korxona va tashkilotlari ob’yektlariga umumiy quvvati 23 000 kVt quyosh fotoelektr stansiyalari o‘rnatiladi.

2023 yilning ayni vaqtiga qadar “O‘zbekneftgaz” AJning barcha korxona va tashkilotlari ob’yektlariga jami 3591 kVt quyosh fotoelektr stansiyalari o‘rnatilib ishga tushirildi.

Shuningdek, hozirda “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi ob’yektlarda jami 4151 kVt quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish bo‘yicha ishlar jadal olib borilmoqda.

Chora tadbirlarni amalga oshirish natijasida o‘rnatilgan quyosh fotoelektr stansiyalari hisobidan kunlik o‘rtacha 19 300 kVt*soat elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda va yil yakuniga qadar 4.2 mln kVt*soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishi kutilmoqda.

"O‘zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube