December 9

Tanlov g‘oliblari munosib taqdirlandi

“9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Aksilkorrupsiya haftaligi” doirasida I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahri filialida “Korrupsiyani birgalikda yengamiz” mavzusida ijodiy bellashuv tashkil etildi.

Mazkur tadbir uch yo‘nalishda — “Eng mazmunli insho”, “Eng sara tasviriy ish” hamda “Eng ta’sirchan videorolik” nominatsiyalari bo‘yicha o‘tkazildi.

Yakuniy marosimda faol va iqtidorli ishtirokchilarga sertifikatlar, esdalik sovg‘alari hamda “O‘zbekneftgaz” AJ nomidan tashakkurnomalar topshirildi.

Mazkur loyiha “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan halollik tamoyillarini mustahkamlash, ochiqlik va shaffoflik muhitini qaror toptirish, shuningdek yoshlar ongida vijdoniylik qadriyatlarini shakllantirishga qaratilgan tizimli tashabbuslarning navbatdagi bosqichi bo‘ldi.

Mazkur tashabbus “O‘zbekneftgaz” AJning korrupsiyasiz muhitni mustahkamlash, yosh avlodda halollik va shaffoflik qadriyatlarini rivojlantirishga qaratilgan tizimli ishlari doirasidagi navbatdagi muhim qadam hisoblanadi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati