December 3, 2024

Xodimlar Konstitutsiya bayramiga bag‘ishlab diktant yozishdi

Ruscha

Mazkur ijodiy-ma’rifiy tadbir O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan sana munosabati bilan uyushtirildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Markaziy apparati hamda Jamiyat tasarrufidagi boshqarma va zavodlar xodimlari o‘rtasida "Mening Konstitutsiyam 32 yoshda" shiori ostida "Mening Konstitutsiyam va davlat tilim" mavzusida ommaviy diktant o‘tkazildi.

Diktant I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahar filialida tashkil etildi.

Diktant matnida Asosiy Qonunimiz mazmun-mohiyati, uning davlat va jamiyat hayotida tutgan ahamiyati ifodalangan bo‘lib, tajribali filologlar tomonidan o‘qib berildi.

Gʻoliblar 6 dekabr kuni e’lon qilinadi.

"O‘zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook