October 24

Importga bog‘liqlikni kamaytirish maqsadida yangi imkoniyatlar izlanmoqda  

Ruscha

"O‘zbekneftgaz" AJ mas’ullari Navoiy viloyatidagi ishlab chiqarish korxonalari bilan import o‘rnini bosuvchi yangi mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqish imkoniyatlarini o‘rgandi.

Mutaxassislar mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan sanoat hamkorligini mustahkamlash maqsadida “Navpromlitmash” MCHJ, “Universal Filter” MCHJ va “Navoiy burg‘ulash uskunalari zavodi” MCHJning ishlab chiqarish maydonlarida bo‘lishdi.

Mazkur korxonalar o‘z salohiyatlari, xususan, gazni qayta ishlash zavodlari uchun ehtiyot qismlar va kimyoviy reagentlar, sanoat filtrlari, burg‘ulash uskunalarini ishlab chiqarish jarayonlari va xizmatlarini namoyish etishdi.

Jamiyat vakillari importga bog‘liqlikni kamaytirish maqsadida uzoq muddatli loyihalarni rivojlantirishga qiziqish bildirdi.

Tomonlar yangi mahsulotlarni joriy etish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish va ushbu mahsulotlarni tajriba sinovlaridan o‘tkazish bo‘yicha kelishib oldilar.

Uchrashuvlar "O‘zbekneftgaz" va mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichini belgilab berdi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook