March 4

Neft va gaz sohasida sa’y-harakatlar birlashtirilmoqda

Ruscha

Bugun Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Boku shahrida "O‘zbekneftgaz" Boshqaruvi raisi Bahodir Sidiqovni qabul qildi. Unda "KazMunayGaz" va "Tatneft" kompaniyalari rahbarlari ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda Ozarbayjon rahbari ko‘p tomonlama hamkorlikning yangi bosqichi boshlanganini ta’kidladi. Ozarbayjon, Qozog‘iston, Rossiya va O‘zbekiston neft kompaniyalari o‘rtasida ishlab chiqarish aloqalari o‘rnatilgan va qator loyihalar amalga oshirilayotganligi qayd etildi. Shu nuqtai nazardan, kuchlar birlashtirilishi muhimligi qayd etildi.

Ozarbayjon rahbari, shuningdek, qo‘shma ishlab chiqarish nuqtai nazaridan ko‘p tomonlama hamkorlikning ahamiyati haqida fikr bildirdi.

Suhbat chog‘ida hamkorlikni yangi formatdagi istiqbollari yuzasidan fikr almashildi va bu mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirishga xizmat qilishiga umid bildirildi.

Ushbu format kompaniyalarning favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va birgalikda harakat qilish guruhlarini yaratish, raqamli texnologiyalar va dasturiy ta’minot sohasida ishlarni optimallashtirish, shuningdek, turli sohalarni rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorligini nazarda tutadi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook