April 12

Xalqaro investorlar va moliya institutlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

2025 yilning 9–10 aprel kunlari “O‘zbekneftgaz” AJ delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi va Dubay shaharlarida bo‘lib, qator xalqaro hamkorlar va investorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Tashrif doirasida xalqaro banklar, institusional investorlar, shuningdek, yirik kompaniya vakillari bilan yuzma-yuz muzokaralar olib borildi.

Muloqotlarda BAAning yetakchi moliya va investisiya tashkilotlari — “Abu Dhabi Investment Authority” (ADIA), “First Abu Dhabi Bank”, “Abu Dhabi Commercial Bank”, “Abu Dhabi Fund for Development” (ADFD), “Mashreq Capital”, “Market Securities”, “Arqaam”, “BHM Capital” hamda “Brevan Howard” kabi nufuzli kompaniyalar vakillari ishtirok etdilar.

Mazkur muloqotlar chog‘ida “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar, yirik investisiya loyihalari, moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari hamda kelgusidagi strategiyalar bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Shu bilan birga, tomonlar sohadagi dolzarb yangiliklar, global bozordagi tendensiyalar va istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar.

Bunday muloqotlar “O‘zbekneftgaz” AJning xalqaro moliya bozoridagi mavqeini yanada mustahkamlash, xorijiy investisiyalarni jalb etish va uzoq muddatli hamkorlikni kengaytirishda muhim ahamiyatga ega.

"O‘zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati