January 19, 2024

Qonunchilik palatasi vakili “Uzbekistan GTL” zavodida bo‘ldi

Ruscha

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov “Uzbekistan GTL” zavodida bo‘lib, sintetik yoqilg‘i mahsulotlari ishlab chiqarilish holatini o‘rgandi.

Tashrif davomida zavodda tayyorlanadigan yangi turdagi sintetik yoqilg‘i mahsulotlarini ishlab chiqarish holati, sifat va standartlarga muvofiqligi, mahsulotlarni saqlash, sotish hamda iste’molchilarga yetkazib berish jarayonlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek zavodning zamonaviy boshqaruv panellari orqali uskuna va asosiy ishlab chiqarish qurilmalarini sinxron ekspluatatsiya qilish texnologik tizimi va o‘quv-simmulyatsiya xonasi yaqindan tanishtirildi.

Bundan tashqari, markaziy laboratoriya binosida joylashgan zamonaviy qurilma va asboblar orqali zavodda ishlab chiqarilayotgan “GTL” dizel yoqilg‘isining Euro-6 (EN 15940) Yevropa ekologik va “O‘zDSt EN 15940:2022” milliy standartlarning yuqori talablariga mosligi tahlil jarayonlarida ko‘rsatib berildi.

“Uzbekistan GTL” MCHJ PR-xizmati

web-sayt | instagram| telegram | youtube | facebook