September 18
Yoshlar tashabbusi bilan yo‘lbo‘yi ortiqcha chiqindilardan tozalandi
2025 yil “Atrof muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yili dasturi doirasida “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli “Chinobod neft bazasi” MCHJning bir guruh faol yoshlari tashabbusi bilan ekologik aksiya o‘tkazildi.
Asosiy transport qatnov yo‘lidan neft bazagacha bo‘lgan 2 kilometr masofadagi yo‘lbo‘yi ortiqcha chiqindilardan tozalandi.
Bunday tadbirlar nafaqat atrof-muhitni tozalash, balki aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirishga ham xizmat qiladi.
Jamiyatda “Sog‘lom muhit” tamoyillarini hayotga tatbiq etish maqsadida bundan keyin ham muntazam ravishda ekologik aksiyalar tashkil etib borish rejalashtirilgan.
September 18, 06:46
0 views
0 reposts