March 6, 2023

“O‘zbekneftgaz”: “Uzbekistan GTL” tomonidan ishlab chiqarilgan sintetik dizelni eksport qilish uchun eng yaxshi takliflar saralanmoqda

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi “Uzbekistan GTL” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan sintetik dizelni eksport qilish uchun eng yaxshi taklif bo‘yicha saralash tanlovi e'lon qilindi.

2023 yilning mayidan 2024 yilning dekabrigacha temir yo‘l sisternalarida jo‘natish yo‘li bilan, yetkazib berish muddatini keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan eksport uchun sotib olish bo‘yicha UzGTL-SMD-01/23 va UzGTL-SMD-02/23-sonli saralash tanlovini e'lon qilmoqda.

Tanlovga ko‘ra, “Uzbekistan GTL” zavodida ishlab chiqarilgan 200 ming tonnalik sintetik dizel yoqilg‘isini “FCA Free Carrier” (Incoterms 2020) shartlari asosida, har bir loti uchun 100 000 tonna miqdorida etib belgilangan.

Narxlar diapazoni “S&P Global Platts”da “European products ($/mt), Mediterranean, (codeAAWYY00), FOB(Italy), Middle price” sarlavhasi ostida Mahsulot yetkazib berilgan kuni e'lon qilingan kunlik 10ppm ULSD kotirovkasi va differentsial (ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin) summasiga asoslanadi. Mahsulot “Take or pay” shartlari asosida yetkazib beriladi.

Takliflarni topshirish uchun oxirgi muddat – 2023 yil 25 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 15.00 (GMT +5). Takliflar solingan konvertlar O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, 100060, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, 7-B uy manziliga shaxsan yetkaziladi.
Har bir ishtirokchi faqat bitta taklifni taqdim etishi mumkin.

Tanlov hujjatlarining to‘liq ro‘yxatini olish uchun [email protected] elektron manziliga so‘rovnoma yuborishingiz so‘raladi.

Qayd etish joizki, “Uzbekistan GTL” zavodi 2023 yilda “Evro-6” “premium” toifasidagi 1 million tonnadan ortiq ekologik toza sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Zavodning ishlab chiqarish quvvati ichki bozorning yuqori sifatli dizel yoqilg‘isiga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish imkoniga ega. “Uzbekistan GTL” zavodining mahsulotlari har kuni “O‘zRTXB” AJning savdo maydonchalariga joylashtirilib boriladi.
E'lon qilingan saralash tanlovi doirasida “GTL” dizelini eksportga yetkazib berish hech qanday cheklovlarsiz barcha iste'molchilar uchun ichki bozorni dizel yoqilg‘isi bilan uzluksiz ta'minlash ustuvorligini hisobga olgan holda amalga oshirilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

|web-sayt|facebook|instagram|telegram|