September 25

Ishlab chiqarishda yo‘qotishlarni kamaytirish usullari o‘rganildi

Ruscha

"O‘zbekneftgaz" AJ tomonidan Buxoro neftni qayta ishlash zavodi bilan hamkorlikda Operatsion samaradorlik xizmatlari xodimlari uchun maxsus amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminar kun tartibida operatsion foydani oshirish, chora-tadbirlar iqtisodiy samarasini hisoblash, ishlab chiqarishda uchraydigan 7 turdagi yo‘qotishlar va ularning oldini olish bo‘yicha mavjud zamonaviy yechimlar kabi qator masalalar bo‘ldi.

Muhokamalar davomida burg‘ilash, qazib chiqarish, qayta ishlash, uglevodorod xomashyosi va mahsulotlarini tashish bilan bog‘liq asosiy va yondosh jarayonlar natijadorligini oshirish hamda ushbu jarayonlarni amalga oshirish operatsion xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha ilg‘or yondashuvlar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, amaliy seminar ishtirokchilari uchun Buxoro neftni qayta ishlash zavodi texnologik qurilmalariga tur uyushtirilib, zavodda olib borilayotgan o‘zgarish va erishilayotgan yutuqlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Amaliy seminar yakunida xodimlarga kelgusida barcha ishlab chiqarish jarayonlarida xalqaro amaliyotda sinalgan usullarni keng qo‘llash, muammolarga yechim topishda ularning tub sababini aniqlash va texnologik jarayonlar barqarorligini saqlash yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi.

Transformatsiya va operatsion samaradorlik departamenti

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook