July 17

Neft baza favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga “Tayyor” deb baholandi

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi Andijon, To‘raqo‘rg‘on, Farg‘ona neft bazalarida favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda tegishli xizmatlarning hamkorlikdagi tayyorgarligiga bag‘ishlangan o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

Unda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Milliy gvardiya, viloyat tibbiyot birlashmasi, Energetika tarmoqlari xodimlari hamda ob’yektlarning fuqaro muhofazasi tuzilmalari ishtirok etmoqda.

O‘quv mashqlar birinchi kuni viloyat shtablarida yig‘ilish o‘tkazilib, bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tushunchalar berildi. Neft bazalarning mavjud asbob-anjomlar va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanganligi o‘rganib chiqildi.

Tadbir doirasida “To‘raqo‘rg‘on neft bazasi” MCHJ hududida maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi. Xodimlar tomonidan favqulodda vaziyatning jiddiy tus olib ketmasligi choralari ko‘rildi. Jarayonda jalb qilinadigan kuch va vositalarni to‘g‘ri yo‘naltirish, jabrlanganlarni xavfsiz hududga olib chiqish harakatlari bajarildi.

Kuzatuvchilar tomonidan qilingan tezkor harakatlar muhokama etilib, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga va uni bartaraf etishga “To‘raqo‘rg‘on neft bazasi” MCHJ “Tayyor” deb baholandi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook