September 12

“Uzbekistan GTL” zavodi xodimlari uchun sayyor qabul o‘tkazildi

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari tomonidan “Uzbekistan GTL” zavodi xodimlari uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Uchrashuvda xodimlarning turli taklif va muammolari o‘rtaga tashlandi. Jumladan, uzoq hududlardan ishga keluvchi xodimlar uchun vaxta avtobuslarini tashkil etish, ikkinchi mutaxassislikda ta’lim oluvchilar uchun o‘quv ta’tilida yengilliklar yaratish va shu kabi boshqa masalalar ko‘tarildi.

Har bir taklif alohida muhokama qilingan holda amaliy yechimlar bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Qayd etish joizki, bu kabi ochiq muloqotlar muammolarni hal etishda rahbariyat mas’uliyatini oshirish, ishchi-xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

"O‘zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati