December 30, 2025

Milliy liboslar tanlovi g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekneftgaz” AJda joriy etilgan “Milliy liboslar kuni” doirasida Jamiyat Boshqaruv apparati va tizim tashkilotlari xodimlari o‘rtasida “Milliy liboslarimiz va qadriyatlarimiz” mavzusida ko‘rik-tanlov tashkil etildi.

Ushbu tanlov milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, asrlar davomida shakllangan an’analarimizni asrab-avaylash hamda milliy liboslarning kundalik hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini yanada mustahkamlashga qaratilgan.

Tanlov belgilangan tartib va talablar asosida o‘tkazilib, barcha bosqichlari to‘liq yakunlandi. Gʻoliblar hakamlar hay’ati tomonidan “Tasodifiy sonlar generatori” orqali xolis va shaffof tarzda aniqlandi.

Eng chiroyli milliy libos sohib va sohibalari bilan tanishing:

Ayollar o‘rtasida:

•  Nargiza Fayziyeva — HR departamenti bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari;

•  Shaxlo Sultonova — Mahalliylashtirish va kooperasion aloqalarni kengaytirish departamenti 1-toifali mutaxassisi;

•  Veronika Azarova — Investisiyalar, sanoat va innovatsiya departamenti bosh mutaxassisi.

Erkaklar o‘rtasida:

•  Nozimxo‘ja Abdusamadov — Transformatsiya va operasion samaradorlik departamenti menejeri;

•  Murodjon Ismatov — Ijro intizomini nazorat qilish va boshqaruv apparati bilan ishlash departamenti bosh mutaxassisi;

•  Sayfiddin Hasanov — Tijorat departamenti birja faoliyati bo‘limi boshlig‘i.

Yangi yil bayrami arafasida g‘oliblar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

"O‘zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati