September 5

Vakant lavozimlar uchun tanlov

Ruscha

"O‘zbekneftgaz" AJ Transformatsiya va operasion samaradorlik departamentining quyidagi lavozimlariga malakali mutaxassislar uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.

• Operasion samaradorlikni oshirish bo‘limi katta menejeri;

• Biznes transformatsiyasi bo‘limi katta menejeri

Mutaxassislarga qo‘yiladigan malaka talablari quyidagilardan iborat:

ma’lumoti: oliy;

mutaxassisligi: iqtisodiyot / neft va gaz sohasi / texnologiya / neft va gaz sohasi menejmenti / biznes;

tillarni bilishi: o‘zbek – mukammal (yozma va og‘zaki) rus – mukammal (yozma va og‘zaki) ingliz tili (qo‘shimcha afzallik sifatida baholanadi);

Sertifikat mavjudligi: qo‘shimcha afzallik sifatida baholanadi;

• ish tajribasi: 3 yil (neft-gaz sohasi)

Bilim va ko‘nikmalar bo‘yicha talablar:

• Operasion samaradorlikni oshirish loyihalari doirasida asosiy biznes-jarayonlarni tahlil qilish;

• Ishlab chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqari jarayonlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni ishlab chiqishda bevosita ishtirok etish;

• Jamiyat va uning tasarrufidagi korxonalarda bo‘lim yo‘nalishi bilan bog‘liq munozarali masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatish;

• Ma’lumotlarni qayta ishlashda foydalaniladigan ma’lumotlar bazasini shakllantirish va saqlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;

• Normativ bo‘lmagan hisob-kitoblar va hisob-kitob operatsiyalarining to‘g‘riligini nazorat qilish bilan bog‘liq ishlarni bajarish;

• Loyiha bo‘yicha jalb etilgan maslahatchilar ishlarini muvofiqlashtirish;

• Jamiyat tomonidan kontragentlar bilan muzokaralarda ishtirok etish, tuzilgan shartnomalar majburiyatlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

•Qazib olish, gazni qayta ishlash - gaz kimyosi va neftni qayta ishlash, neft kimyosi/korxonalar iqtisodiyotini tashkil etish sohasidagi chuqur bilimlar;

• Loyihalarni boshqarish tajribasi;

• Shartnomalarni tuzish tartibi bo‘yicha bilimlar;

• Sohaning texnik, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha bilimlar;

• Kontragentlar bilan muzokara qilish qobiliyati;

• Mas’uliyat, punktuallik, operativlik, ko‘p vazifali rejimda ishlash qobiliyati.

Nomzodlar 2024 yil 10 sentyabrga qadar ushbu havolaga kirib anketa / rezyumelarni to‘ldirishlari lozim.

Batafsil ma’lumot uchun +(99871) 207-27-72 (2334, 2569) telefon raqamiga murojaat etish mumkin.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook