AI-80 rusumli avtobenzinning narxi to‘g‘risida rasmiy axborot
Bugungi kunda, “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi hamda “UNG Petro” MCHJning AYOQSHlarida AI-80 rusumli avtobenzinning chakana narxi 1 litr uchun 6 050 so‘mni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12 dekabrdagi “Kuz-qish mavsumida iste’molchilarni avtobenzin mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va ularning narxlari keskin oshishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-440-son va 2023 yil 23 fevraldagi “Iste’molchilarni avtobenzin mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashda qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-80-sonli qarorlar asosida 2023 yil 1 martdan 2023 yil 31 dekabrga qadar import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan yakuniy iste’molchilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun, istisno tariqasida, aksiz solig‘i “nol” stavka qo‘llanilmoqda. Shundan kelib chiqib, AI-80 rusumli avtobenzinning chakana narxlari 1 litr uchun 6 050 so‘m etib belgilangan.
2024 yil 1 yanvar kunidan boshlab “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi hamda “UNG Petro” MCHJning AYOQSHlarida AI-80 rusumidagi avtobenzinning chakana narxi 1 litr uchun 6 800 so‘m etib belgilandi.
Ma’lumot uchun: import qilinadigan va mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan avtobenzinning aksiz soliq stavkasi 1 tonna uchun 303 ming so‘m va yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilinadigan avtobenzinning soliq stavkasi 1 tonna uchun 565 ming so‘m yoki bir litr uchun 425 so‘m.