"O‘zbekneftgaz"AJ korrupsiyaga qarshi kurashishda yangi bosqichga chiqmoqda
"O‘zbekneftgaz" AJda korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar izchil davom etmoqda.
Davlatimiz rahbarining bu boradagi shaxsiy tashabbuslari va farmonlari Jamiyat faoliyatida yangi, yuqori mas’uliyatli bosqichni boshlab berdi.
Xususan, 2025 yil 5 martdagi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi va 2025 yil 21 apreldagi PQ-147-sonli "Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyat samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yangi tizim asosida tashkil etishga turtki bo‘ldi.
Shu o‘rinda tizimda sog‘lom va korrupsiyasiz ish muhitini shakllantirish, jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi birlashaylik” dasturiga rasman start berilganligini qayd etish joiz. Dastur doirasida kompaniya va tasarrufdagi tashkilotlarda korrupsiya holatlarining oldini olish, shaffoflikni ta’minlash, biznes jarayonlarda qonun buzilishini bartaraf etish maqsadida barchaga murojaat qilish imkoni yaratildi.
Joriy yilning 18 iyul kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, Prezident topshiriqlarining ijrosini sifatli va o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida Jamiyatning Qashqadaryo viloyatida joylashgan korxonalari xodimlari uchun amaliy seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Unda davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash va faoliyat samaradorligini oshirish, Korrupsiyaviy jinoyatlarni kelib chiqish sabablari hamda oldini olishga qaratilgan choralar, Monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etishning ahamiyati bo‘yicha ma’ruzalar ham tinglandi.
Shuningdek tadbirda Jamiyatning moliyaviy va komplayens nazorati bo‘yicha yarim yillik hisoboti sarhisob qilinib, hududiy korxonalarda nazoratni takomillashtirish bo‘yicha rejalar belgilab olindi.
"O‘zbekneftgaz" AJ rahbariyati korrupsion xavflar, moliyaviy xato-kamchiliklar va boshqa salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan keng ko‘lamli nazorat choralarini amalga oshirishda davom etadi.
Raqamlashtirishni kuchaytirish, inson omilini qisqartirish va barcha xodimlardan korrupsiyaga qarshi takliflar olish orqali jamiyatda "murosasizlik muhiti"ni yanada mustahkamlash ustuvor vazifa qilib belgilangan.
Agar siz korrupsiyaga oid holatlarga, huquqbuzarlik yoki boshqa shubhali faoliyatlarga duch kelsangiz, quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz:
Ishonch telefoni: +998 (71) 233-28-88
Qisqa raqam: 1810
Elektron pochta: kans@ung.uz
Moliyaviy va komplayens nazorati departamenti: compliance@ung.uz
Telegram bot: @ung_anticorBot
Birgalikda faol jamoatchilik nazorati orqali halollikni ta’minlaymiz va shaffof muhit yaratishga hissa qo‘shamiz!