Yesterday

Rahbarlar yoshlarni eshitdi: qanday masalalar koʻtarildi?

“Oʻzbekneftgaz” AJ tizim tashkilotlarida yoshlar bilan ochiq muloqotlar boʻlib oʻtdi. “Rahbar va yoshlar” mavzusida tashkil etilgan uchrashuvlarda yosh mutaxassislar oʻzlarini qiziqtirayotgan masalalar, taklif va tashabbuslarini bevosita rahbarlarga yetkazish imkoniyatiga ega boʻldi.

Samimiy ruhda oʻtgan muloqotlarda yoshlarning kasbiy rivojlanishi, malaka oshirish imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy bilim va koʻnikmalarni egallash, mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash hamda ish jarayonida uchrayotgan muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Ayniqsa, yoshlar tomonidan ilgari surilgan yangi gʻoya va tashabbuslarga alohida eʼtibor qaratilib, ularni amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Koʻtarilgan masalalar boʻyicha tegishli masʼullarga aniq vazifalar va topshiriqlar berildi.

Bunday muloqotlar nafaqat muammolarni aniqlash, balki isteʼdodli va tashabbuskor yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun muhim maydon vazifasini oʻtamoqda.

“Oʻzbekneftgaz” AJ va uning tizim tashkilotlarida rahbarlar boshchiligida shunday uchrashuvlar davom etmoqda.

"Oʻzbekneftgaz" AJ Axborot xizmati