November 18

Mutaxassislar AQSHning “Schlumberger” kompaniyasida malaka oshirishdi

Ruscha

“Schlumberger” (AQSH) kompaniyasining Olmaota shahridagi o‘quv markazida “O‘zbekneftgaz” AJning Konlarni ishlatish departamenti Modellashtirish markazi xodimlari uchun “Integrated Field Management workflows – Network Coupling” dasturiy ta’minoti bo‘yicha malaka oshirish kursi tashkil etildi.

Ushbu kursning asosiy maqsadi O‘zbekistondagi neft va gaz konlarida integratsiyalashgan modellarni yaratish va ularni ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etishning yangi yo‘nalishini chuqur o‘zlashtirishdan iborat. Integratsiyalashgan modellar quduqlar unumdorligini aniqlash va uglevodorodlarni qazib chiqarish hajmlarini shakllantirish, ularni yig‘ish va tarqatish tarmog‘idagi to‘siqlarni aniqlashga yordam beradi.

Amaliy mashg‘ulotlar va tajriba almashish bilan birgalikda muhokama tarzida o‘tkazilgan trening yakunida qatnashchilarga xalqaro standartlar bo‘yicha sertifikatlar topshirildi.

Kurs bitiruvchilari mutaxassislarga o‘z bilim va tajribalarini onlayn formatda taqdim etdilar. Bu tajribalar korxonada ish samaradorligi va jarayonlarini yaxshilashga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun qayd etish joizki, O‘zbekiston neft va gaz sanoati tarixida ilk marotaba “O‘zbekneftgaz” AJ qoshida “Modellashtirish markazi” tashkil etilgan. Modellashtirish markazi geologik-texnik tadbirlarni ishlab chiqish, bajarilishini nazorat qilish, konlarni rejalashtirish va boshqarishda integral modellarni tuzishga mas’uldir.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook