May 12, 2023

“O‘zbekneftgaz”: Yoshlar o‘rtasida yugurish marafoni va “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkaziladi 

Ruscha

Joriy yilning 18-20 may kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” markaziy ko‘rgazmalar majmuasida “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” 25-yubiley xalqaro ko‘rgazmasi hamda O‘zbekiston Respublikasining uchinchi xalqaro energetika forumi o‘tkaziladi.

Ko‘rgazma doirasida yosh mutaxassislar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “UNG-YOUTH MARATHON” yugurish marafoni o‘tkaziladi.

Marafonda ishtirok etishni xohlovchilar 18 may kuni soat 7:00 da “O‘zekspomarkaz” MKMga sport kiyimida tashrif buyurishlari so‘raladi. Ishtirokchilarga qo‘shimcha ravishda “UNG” logotipi tushirilgan kepka va futbolkalar tarqatiladi.

Shuningdek, “O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi yoshlarni ijtimoiy-siyosiy va huquqiy bilimlarini mustahkamlash, ularning intellektual salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida 19-20 may kunlari “Zakovat” intellektual o‘yinini o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Yoshlar ittifoqi koordinatori S. Mirxamidovaga (tel.+99897131-42-28) murojaat qilish so‘raladi.

– Marafon musobaqasi bo‘yicha N. Zoxidov (tel: 94 676-65-75);

– “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha M. Nigmadjanov (tel: 90 940-43-21).

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

|web-sayt|instagram|telegram|