September 4, 2024

Yangi o‘quv yilida bolajonlarga quvonch ulashildi

Ruscha

Uzoq davom etgan yozgi ta’tildan so‘ng bolajonlarimiz orziqib kutgan yangi o‘quv yili ham boshlandi.

Farzandlarimizning bu kunni intiqlik bilan kutib olishlarini ko‘rgan biz kattalar ham bolalik damlarimizga qaytishni xohlab qolamiz. Kimdir hali maktab boshlanmasdanoq yangi kiyim-boshini qayta-qayta kiyib ulgurgan, yana kimdir do‘stlariga o‘quv qurollarini maqtangan, allaqachon sumkasini ortqilab maktabga chog‘langan qancha...

Afsuski, barcha bolajonlar ham yangi o‘quv yilini kutilganidek quvonch bilan kutib ololmaydilar. Avval xabar berilganidek, "O‘zbekneftgaz" AJga Toshkent viloyati, Toshkent tumanidagi 5 ta mahalla biriktirilgan bo‘lib, ushbu hududdagi yoshlarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Jamiyatning volontyorlik harakati tomonidan ushbu mahallalardagi muhtoj oilalar farzadlari ham o‘qishni a’lo kayfiyatda boshlab olishlari uchun o‘quv qurollari bilan ta’minlashda ko‘maklashish maqsad qilindi.

Ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan xodimlar sahovati bilan to‘plangan mablag‘ga 18 turdagi o‘quv jihozidan iborat jamlanma va maktab formalari bolajonlarga hadya etilib, ularga bayram kayfiyati ulashildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook