Mutaxassislar “SOCAR” kompaniyasida tajriba almashishdi
“O‘zbekneftgaz” AJda sanoat, mehnat xavfsizligi, sog‘liqni muhofaza qilish yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat olib borayotgan bir guruh xodimlar “SOCAR” kompaniyasida мalaka oshirishdi.
Malaka oshirish dasturiga ko‘ra, mutaxassislar kompaniyalar o‘rtasida sanoat xavfsizligi, sog‘liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligining tashkiliy tuzilmasi, xavfsizlik madaniyatini rivojlantirish, risklar bilan ishlash, xalqaro standartlarni joriy etish, korxonalarda audit (monitoring) o‘tkazish hamda favqulodda holatlarda tezkor harakat qilish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.
Shuningdek, “SOCAR” Inqiroz markazi, kompaniya tarixi muzeyi va uning tasarrufidagi “Karbamid” zavodi, Kompleks burg‘ilash ishlari korxonasi, ta’lim markazi faoliyati bilan tanishildi.
Ozarbayjon kompaniyasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yong‘in xavfsizligi, suvda qutqaruv ishlarini tashkil etish, tibbiy xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalarga tadbiq etilgan zamonaviy uslublar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Mazkur tajriba almashinuvi neft-gaz sohasida xavfsizlikni yanada takomillashtirish, ilg‘or xalqaro amaliyotlarni joriy etish hamda xodimlar malakasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.