“Schlumberger” bilan hamkorlikning yangi istiqbollari muhokama qilindi
“O‘zbekneftgaz” AJ va “Schlumberger” kompaniyasining Markaziy Osiyo mintaqasi rahbari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, yangi texnologiyalarni tatbiq etish va geologik-qidiruv ishlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihalar muhokama qilindi.
Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, “Schlumberger” dunyodagi eng yirik "Katta to‘rtlik"ka kiruvchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. 1926 yilda tashkil etilgan kompaniya global miqyosda o‘z mijozlariga energiya resurslaridan samarali foydalanishga yordam beruvchi raqamli yechimlar va innovasion texnologiyalarni taklif etadi.
Kompaniya o‘zining zamonaviy yutuqlari bilan 120 dan ortiq davlatda neft-gaz sohasida xizmat ko‘rsatadi.
Ma’lumot o‘rnida “O‘zbekneftgaz” AJ “Schlumberger” kompaniyasi bilan 2019 yildan buyon samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Birgalikdagi sa’y-harakatlar natijasida neft va gaz sanoatida 5 tadan ortiq yirik loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Bugungi kunda Jamiyatning joriy yilga mo‘ljallangan geologik-texnik tadbirlarni shakllantirish va ularni bajarilishini monitoring qilish bo‘yicha Dasturni amalga oshirish, shuningdek, quduqlarni qurish (burg‘ilash asboblari va burg‘ilash eritmalari) va uglevodorod xomashyosini intensifikatsiya qilish sohasida yuqori sifatli xizmatlarni jalb qilish bo‘yicha samarali hamkorlik davom etmoqda.
Uchrashuv so‘ngida tomonlar kelgusida yangi loyihalarni amalga oshirish, energoresurslarni qazib chiqarish va ulardan samarali foydalanish yo‘nalishida bajarilayotgan ishlar bo‘yicha kelishib oldilar.