November 14

Koreya Respublikasi elchisi “Uz-Kor Gas Chemical” zavodiga tashrif buyurdi

Ruscha

Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Janob Von Do Yong boshchiligidagi delegatsiya "Uz-Kor Gas Chemical" qo‘shma korxonasiga tashrif buyurdi.

Qayd etish joizki, bugungi kunda O‘zbekiston va Koreya Respublikalari o‘rtasida strategik hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, xususan “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan ushbu mamlakatning ko‘plab yirik kompaniyalari bilan hamkorlikda istiqbolli loyihalar amalga oshirilyapti.

Tashrif davomida elchi boshchiligidagi delegatsiya zavodning ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulot sifati, marketing tizimi bilan tanishtirildi.

Mutaxassislar tomonidan Koreyaning ilg‘or kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan va rejalashtirilayotgan istiqbolli loyihalar haqida taqdimot o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida Von Do Yong aloqalar qamrovini kengaytirish borasida mavjud to‘siqlarni bartaraf etishda yaqindan ko‘maklashishga doimo tayyorligini ma'lum qildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook