August 21, 2023

Suyultirilgan gazning ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yillarga nisbatan oshdi

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan iste’molchilarga suyultirilgan gazni uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari va qayta ishlash korxonalari tomonidan 397,3 ming tona (o‘sish sur’ati – 100,1%) suyultirilgan gaz ishlab chiqarildi.

Shundan, birinchi navbatda aholining maishiy ehtiyoji va ijtimoiy soha ob’yektlari uchun “Hududgazta’minot” AJ hududiy gaz ta’minoti filiallariga o‘tgan yetti oyda 363,5 ming tona (o‘sish sur’ati – 104,0%) suyultirilgan gaz mahsuloti yetkazib berildi.

Zavod va boshqarmalarda ishlab chiqarilayotgan suyultirilgan gazning kunlik hajmi, “Hududgazta’minot” AJ korxonalariga yuklab berish hamda birja savdolariga chiqarish jarayonlari 24 soat davomida raqamlashtirilgan onlayn tizim orqali nazorat qilib borilmoqda.

Ma’lumot uchun: 2020 yilda 609,9 ming tonna, 2021 yilda 645,1 ming tonna (o‘sish sur’ati – 105,8%), 2022 yilda 697,8 ming tonna (o‘sish sur’ati – 108,2%) suyultirilgan gaz ishlab chiqarilgan.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube