Xodimlarning raqobat qonunchiligi bo‘yicha bilimlari mustahkamlanmoqda
O‘zbekiston Respublikasining "Raqobat to‘g‘risidagi" Qonuni 9-moddasiga muvofiq, monopoliyaga qarshi komplayens nazorat tizimini joriy etish orqali tashkilot va kompaniyalar o‘z faoliyatini ushbu qonunchilik talablariga moslashtirishi belgilangan. Qonun talablarini bajarish nafaqat biznes samaradorlikni oshirish, balki xatarlarni aniqlash va ularning oldini olishga yordam beradi.
Shu maqsadda, “O‘zbekneftgaz” AJ xodimlari Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan o‘quv kurslarida qatnashib, raqobat qonunchiligiga oid bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.
Seminarda "Monopoliyaga qarshi komplayens" tizimining xodimlar uchun muhim vazifalari haqida so‘z yuritildi. Xususan, raqobat qonunchiligiga zid faoliyatlarni aniqlash va oldini olish, raqobat muhitidagi xatarlardan xabardor qilishga yo‘naltirilgan.
O‘quv jarayonida ishtirokchilarga kartel kelishuvlari haqida ham ma’lumot berildi. Shuningdek, xarid jarayonlarida raqobatni saqlashning ahamiyatiga e’tibor qaratildi.
Jamiyat xodimlarining monopoliyaga qarshi komplayens nazorat bo‘yicha olib borayotgan o‘quvlari raqobat qonunchiligiga muvofiq faoliyatni ta’minlashda ahamiyatga ega. Bu nafaqat kompaniyaning qonuniy faoliyatini ta’minlaydi, balki iste’molchilarning manfaatlarini ham himoya qiladi.