May 19, 2023

“O‘zbekneftgaz”: Xorijiy hamkorlar bilan bitim va memorandumlar imzolandi

Ruscha

2023 yil 19 may kuni “O‘zbekiston neft va gazi – OGU-2023” 25-yubiley ko‘rgazmasi va O‘zbekiston uchinchi xalqaro energetika forumi doirasida xorijiy hamkorlar bilan bitim va memorandumlarni tantanali ravishda imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xususan, Kanadaning “Condor” kompaniyasi bilan tabiiy gaz qazib chiqarish va zahiralarni ko‘paytirish sohasida asosiy shartlar bo‘yicha bitim imzolandi.

Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlariga zamonaviy boshqaruv usullari va ilg‘or tajribalarni joriy etish maqsadida yetakchi xalqaro universitet – “Universiti teknologi PETRONAS” (Malayziya) bilan “O‘zbekneftgaz” AJ mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirish sohasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

|web-sayt|instagram|telegram|