November 1

“O‘zbekneftgaz” AJ va “Trans-Asia Gas Pipeline Co. Ltd” o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi

Ruscha

Bugun “Asia Trans Gas” MChJ QK ta'sischilari “O‘zbekneftgaz” AJ hamda Xitoy Xalq Respublikasining “Trans-Asia Gas Pipeline Co. Ltd” tashkiloti vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda “Asia Trans Gas” MChJ QKning tashkil etilishi, faoliyati O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi mustahkam hamkorlikning natijasi o‘laroq har ikki taraf uchun ham manfaatli loyiha bo‘lganligi ta'kidlandi.

Muloqotda shuningdek, “Asia Trans Gas” MChJ QKning bugungi kunda erishgan natijalari va kelgusi faoliyati muhokama qilindi.

“Trans-Asia Gas Pipeline Co. Ltd” Boshqaruv raisi tomonidan yana boshqa yangi loyihalar ustida ishlash taklif etilib, bu Jamiyat rahbariyati tomonidan ma'qullandi. Muloqot yakunida “O‘zbekneftgaz” AJ “Trans-Asia Gas Pipeline Co. Ltd” bilan hamkorlikni kengaytirishga doim tayyor ekanligi ta'kidlandi.

Uchrashuv so‘ngida muzokara davomida ko‘tarilgan masalalar va ularning ijrosi bo‘yicha ta'sischilar bayoni tasdiqlanishi va unda “Asia Trans Gas” MChJ QKga faoliyati bilan bog‘liq vazifalar ko‘rsatib o‘tilishiga kelishib olindi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook