October 27, 2023

“Toshkent dengizi” atrofida “yashil belbog‘” yaratiladi

Ruscha

Prezident tomonidan qabul qilingan  “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon ijrosini  ta’minlash maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Bugun ko‘ngilli yosh xodimlar tashabbusi bilan  “Toshkent dengizi” oromgohida 400 ta mevali va buta daraxtlari ko‘chatlari ekildi.

Ekilgan daraxt ko‘chatlari hududlarning iqlim sharoitidan kelib chiqib, bog‘lar hosil qilish va ko‘kalamzorlashtirishni nazarda tutgan holda tanlab olindi.

Bu borada Fanlar Akademiyasi tavsiyasi bilan suvsizlik va kasallikka chidamli gujum, qayrag‘och, katalpa, akatsiya, zarang, shumtol, tut, jiyda, yong‘oq, terak kabi daraxt novdalari ekilishi belgilangan.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 6 oktyabridan boshlab, shu kunga qadar tizimdagi boshqarma va korxonalar tomonidan jami 21859 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Ekilgan daraxtlar agrotexnik talablar asosida parvarish qilinib, mineral va organik o‘g‘itlar bilan oziqlantirilib, zararkunandalardan himoya qilib boriladi.

Ko‘chat ekish tadbiridan so‘ng, Yoshlar ittifoqi a’zolari ishtirokida davra suhbati hamda ko‘ngil ochar tadbirlar, sport musobaqalari o‘tkazildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube