5 nafar xodimga chora ko‘rildi, 16 nafar xodim ogohlantirildi
“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan tizimdagi barcha ob’yektlarda sanoat va ekologiya xavfsizligi, sog‘liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi holati bo‘yicha monitoring nazorat tekshiruvlari (4-bosqich) o‘tkazilmoqda.
Tadbirlarda Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida joylashgan Jamiyat tizimidagi Vodiy neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, Ochiq neft va gaz favvoralarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston harbiylashtirilgan qismi, “Andijon neft bazasi”, “Farg‘ona neft bazasi”, “To‘raqo‘rg‘on neft bazasi” MChJlar va ularga qarashli AYoQShlarning sanoat va ekologiya xavfsizligi, sog‘liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi holatlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida Vodiy neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, Ochiq neft va gaz favvoralarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston harbiylashtirilgan qismida bu borada belgilangan tartiblarga amal qilinganligi ma‘lum bo‘ldi.
Faoliyatida xatoga yo‘l qo‘yilgan neft bazalarning 16 nafar xodimi ogohlantirildi va 5 nafar xodimiga nisbatan chora ko‘rildi.
Tekshirilgan ob’yektlarda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi yo‘nalishida qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.