May 8

Neft treyderlari maktabining dastlabki bepul kursi yakunlandi

Avval xabar berilganidek, “O‘zbekneftgaz” AJ tizimida kadrlar salohiyatini oshirish va xalqaro tajribani joriy etishga qaratilgan “UNG Academy” ta’lim platformasi doirasida Neft treyderlari maktabi (School of Oil Traders) faoliyati boshlandi.

5-8 may kunlari o‘tkazilgan dastlabki o‘quv kursi dasturi neft va neft mahsulotlari xalqaro savdosi sohasida amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, ishtirokchilarga treyding jarayonlarining zamonaviy mexanizmlarini chuqur o‘rganish imkonini berdi.

Loyihaning asosiy strategik hamkori, bosh metodologi va hamtashkilotchisi sifatida “Mercuria Energy Group” xalqaro kompaniyasi.

Mashgʻulotlarni xalqaro darajadagi amaliyotchilar — Yevropa va AQSHning yetakchi treyding kompaniyalarida, neftni qayta ishlash zavodlarida, shuningdek, xalqaro yuridik va moliyaviy tuzilmalarda koʻp yillik ish tajribasiga ega boʻlgan amaldagi maslahatchi va ekspertlari olib bordi.

Mercuria — dunyodagi eng yirik mustaqil energetika va tovar-xomashyo guruhlaridan biridir. Bozorlarni chuqur tushunish, ilgʻor texnologiyalar va barqaror rivojlanish tamoyillariga sodiqlik orqali kompaniya global energetika muvozanatini taʼminlashda hamda kelajak iqtisodiyotiga oʻtishda muhim oʻrin tutadi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati