“Uz-Kor Gas Chemical” Boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Qoraqalpog‘istonda “Uz-Kor Gas Chemical” qo‘shma korxonasi boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda bo‘linma tashkilotlaridan saylangan 165 nafar delegatdan 147 nafari ishtirok etdi.
Konferensiyada O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari S. Yegamberdiyev ishtirok etib, kasaba uyushmalari tomonidan olib borilayotgan ishlar, xususan, joriy yilda kasaba uyushmalarining 120 yilligi keng nishonlanishi haqida aytib o‘tdi.
Yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra, qo‘mitaning 5 yillik faoliyati bo‘yicha rais va taftish komissiyasining hisobotlari tinglandi hamda muhokama qilindi.
Shuningdek, kasaba uyushmasi qo‘mitasi va taftish komissiyasining tarkibi, raislari hamda yuqori tashkilotning qurultoyiga delegatlar saylandi.
Muqobillik va yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan saylovda 82 ta ovoz bilan Tleymuratov Azamat Azatbayevich qo‘mita raisi etib saylandi.