Korrupsiyaga qarshi kurashishda g‘arb tajribasi o‘rganildi
"O‘zbekneftgaz" AJ bir guruh mutaxassislari Buyuk Britaniyaning Bornmut va London shaharlarida tashkil etilgan "Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda sanksiyaviy xavflarni boshqarish" mavzusidagi malaka oshirish o‘quv-kurslarida ishtirok etdilar.
Seminar-trening davomida korrupsiyaga qarshi kurashishning xalqaro huquqiy asoslari, xalqaro konvensiyalar va shartnomalarning sharhi, xalqaro sanksiyaviy rejimlar, komplayens-nazorat amaliyoti bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi.
Shuningdek sanksiyaviy xavflarning biznesga ta’siri, ularning turlari va boshqarishning zamonaviy usullari, xalqaro standartlari bo‘yicha Gʻarb tajribasi o‘rganildi.
Ushbu kurslar "O‘zbekneftgaz" AJning korrupsiyaga qarshi kurashish va sanksiyaviy xavflarni boshqarish sohasidagi bilim, malaka va salohiyatlarini oshirishga xizmat qiladi.
Kurslar yakunida mutaxassislarga sertifikatlar topshirildi.