Xodimlar uchun navbatdagi dam olish tadbirlari uyushtirildi
"O‘zbekneftgaz" AJ va Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi og‘ir mehnat sharoitida mehnat qilayotgan xodimlarning salomatligini mustahkamlash va dam olishini tashkil etish maqsadida navbatdagi tadbirni amalga oshirdi.
Xususan, Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining gazni zaharli moddalardan tozalash qurilmalarida xizmat qilayotgan va smenali tartibda ishlovchi 125 nafar ishchi-xodimlari "Beruniy" bolalar oromgohida dam oldilar.
Dam olish tadbirlari doirasida Shahrisabz shahrining tarixiy va madaniy obidalari bo‘ylab sayohatlar tashkil etildi. Bunday tadbirlar xodimlarning jismoniy va ruhiy holatini tiklash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda ish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
"O‘zbekneftgaz" AJ rahbariyati mehnat faoliyati mas’uliyatli bo‘lgan ishchi-mutaxassislar uchun bunday dam olish va sog‘lomlashtirish tadbirlarini kelgusida ham tizimli ravishda davom ettirishni maqsad qilgan.