May 20, 2023
“O‘zbekneftgaz”: Kanada kompaniyasi bilan uglevodorod qazib olishni ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi
“O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” 25-yubiley xalqaro ko‘rgazmasi hamda O‘zbekiston Respublikasining 3-xalqaro energetika forumi doirasida “O‘zbekneftgaz”AJ va Kanadaning “Golden Horizon” kompaniyasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Uchrashuvda tomonlar xorijiy hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalarning muhokama qilindi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi konlarida uglevodorod qazib olishni ko‘paytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Eslatib o‘tamiz, “Golden Horizon” kompaniyasi bilan hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.
May 20, 2023, 09:50
0 views