January 15

“GTL” mehnat jamoasi bilan yuzma-yuz

“Dolzarb 100 kunlik” doirasida, Boshqaruv raisi Abdugʻani Sanginov topshirigʻiga muvofiq, "Uzbekistan GTL" MCHJda ishchi-xodimlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuv davomida xodimlar tomonidan ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanayotgan mutaxassislarni ragʻbatlantirish, ayollarning jamiyatdagi faolligini oshirish maqsadida ular oʻrtasida intellektual oʻyinlarini tashkil etish, shuningdek, “Oʻzbekneftgaz” AJ tizimidagi zavod va korxonalar xodimlari oʻrtasida oʻzaro tajriba almashishga qaratilgan ekskursiyalar uyushtirish kabi qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Boshqaruv raisining yoshlar va xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchilari hamda Kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi tomonidan Jamiyat doirasida hal etilishi lozim boʻlgan masalalar Boshqaruv raisiga kiritilishi va ularning ijrosi belgilangan tartibda taʼminlanishi alohida taʼkidlandi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Axborot xizmati