“Uzbekistan GTL” zavodi xalqaro ko‘rik-tanlovda ishtirok etadi
Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari kengashi tashabbusi bilan joriy yilning avgust-noyabr oylari davomida mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha korxona, tashkilot va muassasalar o‘rtasida “Eng yaxshi ijtimoiy sherik” Xalqaro ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan respublika bosqichida "Uzbekistan GTL" MCHJning boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti g‘olib deb topilib, faхrli birinchi o‘rinni egalladi.
Xalqaro tanlovning yakuniy bosqichi joriy yilning noyabr oyida Tojikiston Respublikasida bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi nomidan "Uzbekistan GTL" MCHJning boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti ishtirok etadi.
Mazkur tanlov ish beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida ijtimoiy sherikchilikni yanada mustahkamlash va jamoa shartnomasi orqali barcha ishchi-xodimlarni har tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy qo‘llab-quvvatlash ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish borasida xizmat qiladi.