March 27, 2023

“O‘zbekneftgaz”: Neft va gaz mahsulotlarini xaridorlarga yuklab berish to‘liq elektron logistika savdo portali orqali amalga oshirilmoqda

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan birja savdolari orqali sotiladigan yuqori likvidli mahsulotlarni yuk tashish shartnomalarini tuzish va ijro etish jarayonlarini maksimal darajada avtomatlashtrish va raqamlashtirish imkonini beradigan yangi elektron logistika portali joriy etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil mart oyidagi “Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va Vazirlar Mahkamasining “Tovar-xom ashyo birjalarida fьyuchers savdolarini joriy qilish hamda mahsulotlarni avtotransportda tashish xizmatlarining elektron logistika savdo portalini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq, monopol va davlat ishtirokidagi tashkilotlar tomonidan birja savdolarida sotilayotgan yuk tashish xizmatlari E-logistika.uzex.uz elektron savdo portali orqali auksion tartibida amalga oshirilib kelinmoqda.

Logistika portalining ishga tushirilishi bilan birja tovarlarini sotib olishning deyarli barcha biznes jarayoni, ularning birja savdolariga qo‘yilishidan xaridorning omboriga yetkazib berishigacha raqamlashtirildi. Bu shuni anglatadiki, logistika jarayonlarini shaffoflik, raqobat va teng huquqlilik tamoyillari tovar bozorining oxirgi bosqichi, ya’ni yuk tashuvchilarni tanlash va mahsulotlarni yetkazib berish tizimi yaratilgan.

So‘nggi yillarda “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi zavod va boshqarmalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni Respublika tovar-xomashyo birjasi orqali sotilishi tufayli haqiqiy bozor iqtisodiyotiga o‘tish borasida salmoqli yutuqlarga erishildi.

Bundan tashqari, platforma yuk tashish uchun optimal bozor narxlarini shakllantirish va yuk tashuvchilarga yuklarni izlash imkonini beradi. Bu esa yuk tashish narxi va shunga mos ravishda tovarlarning narxini pasayishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Elektron navbatning shakllantirilishi birja savdolaridan sotib olingan mahsulotlarni o‘z vaqtida yuklamaslik kabi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan inson omili bilan bog‘liq salbiy holatlar bartaraf etildi.

Yana bir qulaylik afzalliklaridan biri, amaldagi tartibga ko‘ra “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan kunlik yuklash grafigi tizimga joylashtirilib boriladi va xaridorlar tizim orqali shartnoma shartlarida belgilangan muddat ichida yuklash kunini belgilaydilar.

“O‘zbekneftgaz” AJ korxonalari tomonidan sifatli, dunyo standartlariga mos mahsulotlarni ishlab chiqarish quvvatlarini yanada oshirish va Respublikaning barcha turdagi iste’molchilariga birja savdolari orqali uzluksiz yetkazib berish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

|web-sayt|facebook|instagram|telegram|