June 8

Qurbon hayiti munosabati bilan ehson va saxovat tadbirlari amalga oshirildi

Xalqimiz tomonidan bag‘rikenglik, insonparvarlik, mehr-shafqat, saxovat va o‘zaro yordam ramzi sifatida e’zozlanadigan Qurbon hayiti munosabati bilan yurtimizda keng ko‘lamli xayriya tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, ushbu ulug‘ va fayzli ayyom munosabati bilan “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ ma’muriyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida Gʻuzor, Nishon, Kitob va Qarshi tumanlaridagi chekka qishloqlarda yashovchi ehtiyojmand aholi qatlamiga moddiy yordam ko‘rsatildi.

Ushbu ehson tadbiri doirasida 120 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar — ko‘p farzandli oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz qariyalar va vaqtincha ishsiz qolgan shaxslarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Yordam olgan yurtdoshlarimiz bunday ezgu amallar uchun tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirib, Vatanimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va osmonimiz musaffoligi uchun duo qildilar.

“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ rahbariyati ushbu xayrli ishlarga o‘z hissasini qo‘shgan xodimlarga chuqur minnatdorchilik izhor etadi.

“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ matbuot xizmati