Atrof-muhitga tashlanmalar miqdori belgilangan me’yorlarga nisbatan kamaytirildi
“O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi boshqarma va korxonalarning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan holda kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan.
Dastur doirasida chiqindilarni zararsizlantirish va qayta ishlash, qurilmalarni ta’mirlash, yangi energiya tejamkorlarini o‘rnatish, avtomobillarni gaz yoqilg‘isiga o‘tkazish, tabiatni muhofaza qilishning ilmiy ta’minotini rivojlantirish va ko‘kalamzorlashtirish kabi qator ishlar amalga oshirildi.
Natijada 2023 yilda atmosfera havosiga tashlanadigan tashlanmalar belgilangan me’yorga nisbatan yiliga 21,2 ming tonnaga, oqova suvlarga tashlanmalar yiliga 9,9 ming kub metr, chiqindilar miqdori belgilangan me’yorga nisbatan yiliga 31,6 ming tonnaga kamaytirishga erishildi.