January 28

Vakant lavozimlar uchun tanlov

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJ Transformatsiya va operatsion samaradorlik departamenti Operatsion samaradorlikni oshirish bo‘limiga menejer lavozimga malakali mutaxassislar uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.

Mutaxassisga qo‘yiladigan kvalifikatsiya talablar:

• ma’lumoti: oliy;
• mutaxassisligi: iqtisodiyot, neft va gaz sohasi, texnologiya, muhandislik, menejment, biznes yo‘nalishlaridan biri;
• tillarni bilish darajasi: o‘zbek va rus tillari - mukammal, ingliz tili (qo‘shimcha afzallik sifatida baholanadi);
• kompyuter savodxonligi: mukammal foydalanuvchi (MS office);
• ish tajribasi: neft va gaz sohasida kamida 3 yil;

Mutaxassisga qo‘yiladigan funksional majburiyatlar:

• Operatsion samaradorlikni oshirish, xarajatlarni qisqartirish va biznes jarayonlarini yaxshilash bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etish;
• Transformatsiya va operatsion samaradorlik loyihalarining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
• Loyihalar amalga oshirilishini monitoring qilish, erishilgan natijalar bo‘yicha hisobotlar tayyorlash;
• Ishlab chiqarish jarayonlarining operatsion samaradorligini baholash va tahlil qilish;
• Amaldagi biznes jarayonlarini diagnostika qilish, kamchiliklar, samarasiz jarayonlar va ishlab chiqarish yo‘qotishlarini aniqlash.
• Kompaniyada o‘rnatilgan standartlar va tartiblarga rioya qilish.

Nomzodlar 2025 yil 7 fevralga qadar rezyume/anketalarini ushbu havola orqali anketa to‘ldirishlari lozim.

Batafsil ma’lumotlar uchun +(99871) 207-27-72 (2334, 2569) telefon raqamiga murojaat etish mumkin.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook