2023 yilda Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi tomonidan 4 mlrd 151 mln kub metr xom-ashyo gazi qayta ishlandi
“O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar o‘zining keng ko‘lamliligi hamda ko‘plab maqsadlarga mo‘ljallangani bilan respublika iqtisodiyotida turli tarmoqlar barqaror va samarali rivojlanishiga hissa qo‘shib kelmoqda.
2023 yilda majmua tomonidan 4 mlrd 151 mln kub metr xom-ashyo gazi chuqur qayta ishlash uchun qabul qilinib, reja ko‘rsatkichi bajarilishi 103,6 foizni tashkil etdi.
• 3 mlrd 480 mln kub metr tozalangan tabiiy gaz ishlab chiqilib, reja ko‘rsatkichi bajarilishi 103,1 foizni tashkil etdi;
• 103,5 ming tonna gaz kondensati ishlab chiqarilib, reja ko‘rsatkichi bajarilishi 108,4 foizni tashkil etdi;
• 117,9 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarilib, reja ko‘rsatkichi bajarilishi 110,2 foizni tashkil etdi;
• 908 tonna oltingugurt ishlab chiqarilib, reja ko‘rsatkichi bajarilishi 113,5 foizni tashkil etdi;
• 131,9 ming tonna polietilen granulasi ishlab chiqarilib, reja ko‘rsatkichi bajarilishi 105,5 foizni tashkil etdi.
Jami 3,37 trln so‘m qiymatdagi mahsulot ishlab chiqarildi va reja ko‘rsatkichlari ortig‘i bilan bajarildi.
Majmua tomonidan qayta ishlangan mahsulotlar tashqi va ichki bozor iste’molchilariga birja savdolari orqali yetkazib berilmoqda.