Yuqori texnologiyali yechimlar va vodorod transformatsiyasi istiqbollari
Toshkentda energetika forumi doirasida "O‘zbekiston gaz kimyo sanoati misolida yuqori texnologiyali yechimlar" mavzusida panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda gazni qayta ishlash quvvatlarini rivojlantirish, yangi materiallarni ishlab chiqarish, modifikatsiya qilingan ishlab chiqarishlar va energiya samaradorligini oshirish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.
“O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ, “ROSEN Group”, “Air Products”, “Acwa Power”, “Maire Tecnimont” va "Uzbekistan GTL" MCHJ kabi yetakchi kompaniyalar vakillari o‘zlarining tajribalari va innovasion g‘oyalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Shuningdek gaz-kimyo sanoatini rivojlantirish va modifikatsiya qilingan ishlab chiqarishning ahamiyatiga alohida urg‘u berildi.
"O‘zbekneftgaz" AJ va xalqaro yetakchi kompaniyalar o‘rtasida hamkorlikning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Forum doirasidagi muhokamalar, nafaqat O‘zbekistondagi, balki butun Markaziy Osiyodagi energetika va kimyo sanoati uchun muhim natijalarga erishishga yordam beradi.
Ishtirokchilar o‘z ma’ruzalarida so‘nggi ilmiy va texnik ishlanmalardan foydalanish, shuningdek, yangi mahsulot va texnologiyalarni ishlab chiqarishda xalqaro tajribaga asoslangan yechimlarni qo‘llash masalalarini ko‘rib chiqdilar.