Davlat bayrog‘i — xalq tarixi va istiqboli ramzi
Davlat ramzlari har bir mamlakat mustaqilligini ifodalovchi belgi hisoblanib, ular xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etadi.
"O‘zbekneftgaz" AJda tashkil etilgan seminarda shular xususida so‘z borib, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, ularning mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda davlat ramzlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan fuqarolar va mansabdor shaxslarga nisbatan belgilangan javobgarlik choralari, xususan jarima miqdorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida O‘zbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘iga hurmatsizlik qilgan shaxslarga nisbatan belgilangan jazo choralari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga davlat ramzlarining ahamiyati, ularni hurmat qilish va ardoqlashning muqaddas burch ekanligi eslatib o‘tildi. Bunday tadbirlar Vatanimizga bo‘lgan muhabbat va hurmatni oshirishda muhim rol o‘ynaydi.