Fransiyaning yangi avlod katalizatori sinab ko‘rilmoqda
Sho‘rtan gaz kimyo majmuasiga qarashli Etilen ishlab chiqarish sexi Oltingugurt olish qurilmasining reaktoridagi mavjud Titan oksidi katalizatori zamonaviysiga almashtirilmoqda.
Oltingugurt olish qurilmasi, Etilen ishlab chiqarish sexining gazni tozalash qurilmasidan keladigan nordon gazlar tarkibidagi vodorod sul’fiddan oltingugurt granulasini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Qurilma to‘la quvvat bilan ishlaganda soatiga 12 000 kub metr gazni qabul qiladi va 600 kg gacha oltingugurt granulasini qadoqlaydi.
Qurilmada “CRS-31” katalizatori ishlatilib kelingan. Katalizatorning almashtirish muddati kelganligi sababli, uning o‘rniga sinov tariqasida Fransiyaning "Axens" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yangi avlod oksidlash katalizatori o‘rnatildi. Sinov ishlarining dastlabki xulosalari yangi markadagi katalizatorning ijobiy natijalarini ko‘rsatmoqda.
Ushbu tadbirni amalga oshirishdan maqsad qurilmaning to‘xtovsiz, barqaror, ishonchli ishlashini va belgilangan reja ko‘rsatgichlarini o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashdan iboratdir.